Yangiliklar
Erasmus+ axborot sessiyasi Qarshida!

Erasmus+ axborot sessiyasi Qarshida!
Kecha, 23-sentabr kuni, Milliy Erasmus+ Ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish ekspertlari (HEREs) jamoasi hamkorligida Erasmus+ dasturi imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot sessiyasi Qarshi davlat texnika universitetida tashkil etildi. Ushbu tadbirni Qarshi Davlat Texnika Universiteti rektori Sherzod Ne'matov boshlab berdi.
Sessiya davomida ishtirokchilar nafaqat Erasmus+ dasturining umumiy maqsad va vazifalari bilan tanishdilar, balki uning turli darajadagi imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi:
- CBHE loyihalari tajribalari: ITEM, MECHAUZ, HEMUA, RENES, UZDOC 2.0, MAGNET orqali olingan yutuqlar va foydali maslahatlar
- Oliy ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlar:
Xalqaro kredit mobilligi (ICM)
Jean Monnet loyihalari
Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) - Talabalar va o‘qituvchilar uchun imkoniyatlar:
Xalqaro kredit mobilligi
Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari (EMJM)
Ma’ruzachilar qatorida Mahmudjon Utkurov (Milliy Erasmus+ Ofisi loyihalar menejeri), Alibek Eshev (Qarshi davlat texnika universiteti) va Nasiba Azizova (Qarshi davlat universiteti) o‘z tajribalari hamda amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.