Yangiliklar
Texnik oliy ta’limda STEAM integratsiyasi bo‘yicha Follow-up TAM seminari
56

Texnik oliy ta’limda STEAM integratsiyasi bo‘yicha Follow-up TAM seminari
16-sentabr kuni Toshkentda “Enhancing Technical Higher Education Through STEAM Integration” mavzusida navbatdagi Texnik yordam missiyasi (TAM) bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Ispaniyaning Universitat Politècnica de Catalunya universiteti professori, PhD Karina Gibert olib bordi. Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston Oliy ta’limni isloh qilish ekspertlari (HEREs) jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida:
- STEAM va sun’iy intellektni oliy ta’limga joriy etish bo‘yicha strategiyalar, imkoniyatlar va chaqiriqlar muhokama qilindi.
- Ishtirokchilar innovatsion loyihalar uchun AI Canvas metodologiyasidan foydalanib, o‘z takliflarini ishlab chiqishdi.
- Yevropa tajribasi asosida STEAM integratsiyasining amaliy misollari va akademik faoliyatni boshlash bo‘yicha yangi uslublar o‘rganildi.