2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ESGCA loyihasining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi

28
ESGCA loyihasining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi

2025-yil 21–23-yanvar kunlari Italiyaning Genuya universiteti ESGCA loyihasining birinchi uchrashuviga (kick-off meeting) mezbonlik qildi. Bu loyiha Markaziy Osiyoda atrof-muhit, ijtimoiy barqarorlik va samarali boshqaruv (ESG) yo‘nalishlarini mustahkamlashga qaratilgan katta tashabbusdir.

Loyiha doirasida Markaziy Osiyo va Yevropaning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari hamda davlat tashkilotlari birlashgan:

Genuya universiteti (UniGe) – Italiya
Capacity Building Consulting Group (CBCG) – Qirg‘iziston
European Documentation Center Public Foundation (EDC) – Qirg‘iziston
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (APAPKR) – Qirg‘iziston
Issiqko‘l davlat universiteti (IKSU) – Qirg‘iziston
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (APAPKZ) – Qozog‘iston
Kokshetau davlat universiteti (KOKSU) – Qozog‘iston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (APAPUZ) – O‘zbekiston
Buxoro davlat universiteti (BSU) – O‘zbekiston
Tojikiston Milliy universiteti (TNU) – Tojikiston
Tojikiston qishloq xo‘jaligi universiteti (TAU) – Tojikiston
Turkmeniston Energetika instituti (SEIT) – Turkmaniston
Xalqaro neft va gaz universiteti (IOGU) – Turkmaniston
"Lucian Blaga" nomidagi Sibiu universiteti (ULBS) – Ruminiya
Bratislava Texnologiya universiteti (STUBA) – Slovakiya

Loyiha maqsadlari:

ESG yo‘nalishida ikki yillik magistratura dasturlarini ishlab chiqish
Markaziy Osiyodagi universitetlarda ilmiy-innovatsion markazlar tashkil etish
Akademik hamkorlik va bitiruvchilar uchun bandlik imkoniyatlarini kuchaytirish

Loyihaga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun Yevropa Ta’lim va Madaniyat agentligiga (EACEA) chuqur minnatdorchilik bildiramiz. ESGCA loyihasi Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi.

Uchrashuvning asosiy vazifalari:

  • Loyiha hamkorlari bilan tanishish

  • Loyihaning tuzilmasi va bosqichlarini muhokama qilish

  • Magistrlik dasturlarini amalga oshirish va innovatsion yechimlar strategiyasini ishlab chiqish

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz