Yangiliklar
EMJMga bosqichma-bosqich qadamlar: Ariza topshirish uchun qanday hujjatlar kerak?

Erasmus Mundus Joint Master (EMJM) dasturiga ariza topshirmoqchimisiz? Quyida ko‘pchilik dasturlar talab qiladigan asosiy hujjatlar ro‘yxatini keltiramiz. Har bir dastur o‘z talablariga ega bo‘lishi mumkin, lekin odatda quyidagilar so‘raladi 👇
1. Pasport
Amaldagi (yaroqli) pasport nusxasi kerak bo‘ladi.
2. Diplom va baholar varaqasi (transcript)
Bakalavr diplomi va transcript (ba’zida ingliz tiliga rasmiy tarjimasi talab qilinadi).
3. Motivatsion xat
Nega aynan shu dasturga ariza bermoqchisiz? Maqsadlaringiz qanday? Keyingi sonlarimizda motivatsion xatni yozish bo'yicha maslaxatlar ham ulashib boramiz.
4. Rezyume (CV)
Ko‘pchilik dasturlar EUROPASS formatini so‘rashadi. Aniq va professional bo‘lishi kerak.
https://europa.eu/europass/en
5. Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat
Ko‘pincha IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar talab qilinadi.
(Ba’zi dasturlar universitetdan olingan ingliz tili o‘qitilganligi haqida hujjatni ham qabul qiladi — buni tekshirib ko‘rishingizni maslaxat beramiz.)
6. Tavsiyanoma xatlari
Odatda 2 ta tavsiyanoma — o‘qituvchilardan yoki ish beruvchilardan.
7. Boshqa hujjatlar (agar so‘ralsa):
– Portfolio (ijodiy yo‘nalishlar uchun)
– Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat
– Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID)
– Dastur saytida berilgan maxsus formalar
Qo‘shimcha maslahat:
- Har bir dastur o‘z hujjatlar ro‘yxatini beradi — saytdagi ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qing
- Til testini topshirish, tarjima qilish kabi ishlar vaqt oladi — jarayonni ertaroq boshlang!
- Hujjat nomlarini tartib bilan saqlang. Masalan, Ism_Familiya_CV.pdf, Ism_Transcript.pdf.
Erasmus Mundusga ariza topshirish tartibi va muvaffaqiyatli ariza topshirish sirlari bo'yicha maxsus EMJM g'olibasidan tavsiyalar: https://youtu.be/CCI0Erc3eVs?feature=shared