2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

TEX4FUTURE: O‘zbekiston va Qozog‘istonda tekstil sanoati kelajagi sari

37
TEX4FUTURE: O‘zbekiston va Qozog‘istonda tekstil sanoati kelajagi sari

Erasmus+ dasturining TEX4FUTURE loyihasi (01.02.2024 – 31.01.2027) O‘zbekiston va Qozog‘istondagi yengil sanoat, xususan tekstil va tikuvchilik sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan bo'lib, ushbu CBHE loyihasi oliy ta’lim muassasalarining sohaga mos malakali kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirishga xizmat qilishni maqsad qilgan.

Asosiy maqsadlar:

  • Ikkala mamlakatda 4 ta zamonaviy tekstil markazi tashkil etish
  • Innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqish (ayniqsa, yangi materiallar va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha)
  • Talabalar uchun real biznes holatlari asosida amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish
  • Akademik va sanoat xodimlarini zamonaviy bilimlar bilan qayta tayyorlash va malakasini oshirish
  • OTMlar uchun xalqaro hamkorlik strategiyalarini rivojlantirish
  • Talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida almaşinuvi dasturlarini amalga oshirish

O‘zbekistondagi hamkor universitetlar:

  • Farg‘ona Davlat Universiteti
  • Jizzax Politexnika Instituti
  • Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti

EU granti: €790,985

Loyihaning rasmiy vebsayti: https://tex4future.com/

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz