2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

GREENDT loyihasi doirasida Vigo portiga tashrif va UVigo uchrashuvi

34
GREENDT loyihasi doirasida Vigo portiga tashrif va UVigo uchrashuvi

14-15-iyul kuni Erasmus+ GREENDT loyihasi doirasida O‘zbekistondan tashrif buyurgan muhandislar guruhi Ispaniyaning Vigo shahridagi port (Puerto de Vigo) terminallariga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida yurtimiz muhandislari Bouzas RoRo terminalida baliqchilik faoliyati bilan, hamda, Guixar konteyner markazida yuk tashish tizimi bilan yaqindan tanishildilar.

Ma'lumot uchun, Vigo porti 2024-yilda 5,7 mln tonna yuk tashish bilan rekord natijalarga erishgan:

  • 657 ming dona avtomobil jo‘natildi
  • Deyarli 1 mln tonna baliq aylanmasi
  • Konteyner tashish 31,6% ga oshdi

GREENDT – bu atrof-muhit muhandisligi sohasida barqaror rivojlanishni targ‘ib qiluvchi Erasmus+ CBHE loyihasidir.

Bu tashrif bilim almashinuvi, malaka oshirish va barqaror kelajak sari hamkorlikning ilk qadami bo‘ldi!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz