2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Horizon Europe 2025 vebinari yakunlandi!

16
Horizon Europe 2025 vebinari yakunlandi!

25-iyun kuni Yevropa Komissiyasi mutaxassislari ishtirokida “Horizon Europe in 2025: Research & Innovation Opportunities for Uzbekistan” mavzusida xalqaro onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi taklifi bilan Milliy Erasmus+ Ofisi hamkorlikda birga tashkil qilingan ushbu tadbirda Horizon Europe dasturi doirasida xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari, 2025-yil ish dasturida tanlab olingan yo‘nalishlardan biri — Critical Raw Materials bo‘yicha tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda, Yevropa Tadqiqot Kengashi (ERC) va uning xalqaro o‘lchovdagi roli kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

Seminar spikerlari:
🔹Zora Mincheva (DG Trade and Economic Security) – ochilish so‘zi
🔹Kremena Mileva (DG Research and Innovation) – Horizon Europe’da xalqaro hamkorlik
🔹Daniel Cios (DG GROW) – Critical Raw Materials uchun moliyalashtirish imkoniyatlari
🔹Elena Volpi (ERC) – ERC va xalqaro tadqiqotchilar uchun imkoniyatlar

Qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlangan ushbu sessiya, O‘zbekistondagi tadqiqotchilar va ilmiy institutlar uchun Yevropa bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi degan umiddamiz. 

Agarda ushbu seminarni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, xavotirlanmang. Ushbu havola orqali uni qayta ko'rishingiz mumkin: 
To‘liq sessiya havolasi: https://youtu.be/xMLGYIEfr3g

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz