Yangiliklar
Xalqaro HERE Seminari: "The end of degrees? Micro-credentials, skills and employability"

O‘zbekiston Erasmus+ Milliy Ofisining HEREs (Oliy ta'lim islohoti bo‘yicha ekspertlar) jamoasi a’zosi Dr. Asiya Tureniyazova Rabot, Marokashda 2-3 Iyun 2025 yilda bo‘lib o‘tgan xalqaro seminar doirasida ishtirok etdi. Seminarda Janubiy O‘rtayer dengizi, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va G‘arbiy Balkan mintaqalaridan 50 dan ortiq HERE ekspertlari va Erasmus+ Milliy Ofislari vakillari qatnashdi. Asosiy mavzular: mikro-kreditlar, zamonaviy ko‘nikmalar va bandlik masalalari bo‘yicha oliy ta’lim tizimining roli.
Seminar mavzusi bugungi kun uchun juda dolzarb bo‘lib, mikro-kreditlar, ko‘nikmalar va bandlik masalalarini oliy ta’lim nuqtayi nazaridan yoritishga qaratildi. Dastur davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
-
Mikro-kreditlar bo‘yicha xalqaro tajribalar
-
Ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi bog‘liqlik
-
Siyosiy qarorlar va oliy ta’limdagi yangi yondashuvlar
Dr. Asiya Tureniyazova mazkur dolzarb muhokamalarda faol ishtirok etib, O‘zbekistondagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.