2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

TAM Onlayn Seminari yakuni: Uzluksiz ta’lim orqali barqaror kelajak sari

17
TAM Onlayn Seminari yakuni: Uzluksiz ta’lim orqali barqaror kelajak sari

15–16 may kunlari Erasmus+ dasturi doirasida “Barqaror taraqqiyotning kaliti sifatida uzluksiz ta’lim: Global muammolar uchun texnik yechimlar” mavzusida ikki kunlik Technical Assistance Mission (TAM) onlayn seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Milliy Erasmus+ Expertlar — Higher Education Reform Experts (HEREs) jamoasi yordamida tashkil etildi.

Seminarda xalqaro ekspert, Professor Kirsi Popova (TAMK – Tampere University of Applied Sciences) Yevropadagi uzluksiz ta’lim yondashuvlari va ularning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)ga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritdi.

Shu bilan birga, “TIIAME” NRU Xalqaro reytinglar bo‘limi rahbari va HERE eksperti Dr. Ilhom Abdurahmanov “Ta’limda va uzluksiz o‘qishda mikro-kreditlarning o‘rni” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Yangi yondashuvlar orqali fuqarolarga va oliy ta’lim muassasalariga qanday yangi imkoniyatlar yaratilayotgani muhokama qilindi.

Dastur doirasida, shuningdek, Axborot texnologiyalari va menejment universiteti (University of Information Technologies and Management) Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i va HERE eksperti Kobilov Nurbek ham “Barqaror rivojlanishda umrbod ta’limning kelajagi” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Ikkinchi kun yakuniy sessiyada esa, ishtirokchilar global muammolarga qarshi kurashish, ta’limning ahamiyati, barqarorlik strategiyalari va OTMlar uchun amaliy yondashuvlar borasida o‘zaro tajriba almashdilar.

Taqdimot havolasi: https://drive.google.com/drive/folders/1PRdtgyzgQ9hsGQNMK1DtC3IK8dl-UGQy?usp=sharing

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz