Yangiliklar
DEBSEUz loyihasi doirasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-fevralida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan DEBSEUz loyihasini muhokama qilish maqsadida onlayn yig‘ilish tashkil etildi.
Loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ayniqsa, quyosh energiyasi sohasidagi Yevropa tajribasini o‘rganish, ta’lim dasturlarini tahlil qilish va O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida samarali tajribalarni joriy etishni maqsad qilgan bo‘lib, uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- Loyiha boshqaruvi va moliyaviy oqimlar
- Bakalavriat dasturlarini tashkil etish va yangi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish
- Laboratoriyalar va markazlarni tashkil etish
- Hamkor texnik universitetlarda trening va hamkorlik markazlarini pilot sifatida ishga tushirish
- Sifat nazorati va monitoring
- Veb-saytni yaratish va milliy konferensiyaga tayyorgarlik
Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari amalga oshirilgan ishlar, duch kelgan muammolar va kelgusi rejalari haqida fikr almashishdi. Yig‘ilish yakunida kelgusi vazifalar ham belgilab olindi. Erasmus+ DEBSEUz loyihasi orqali O‘zbekistonda yashil energiya sohasida innovatsion ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
Loyihaning rasmiy sayti: https://debse.uz/en/