2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Oliy ta’limda yashil ta’lim konsepsiyalari va strategiyalari bo‘yicha TAM seminarining natijalari tadbiri

70
Oliy ta’limda yashil ta’lim konsepsiyalari va strategiyalari bo‘yicha TAM seminarining natijalari tadbiri

2024-yil 27-dekabr kuni “TIIAME” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Oliy ta’limda yashil ta’lim konsepsiyalari va strategiyalari” mavzusidagi onlayn TAM seminarining davomiy tadbiri sifatida onlayn seminar tashkil etildi.

Ushbu onlayn seminarida Turkiyaning Marmara universitetidan Yevropa Ittifoqi eksperti doktor Nur Hanife Orak, O‘zbekiston HERElari hamda mamlakatning turli universitetlari vakillari ishtirok etishdi. Muhokamalar oliy ta’limda yashil g‘oyalarni tatbiq etish, yashil kampus tashabbuslari, universitetlarning barqarorligi va barqarorlik bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rinlariga bag‘ishlandi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining o‘ziga xos ehtiyojlariga mos keluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida doktor Ilhom Abdurahmonov TAM seminarida muhokama qilingan asosiy fikrlarni jamlab berdi va “TIIAME” Milliy tadqiqot universiteti: Barqarorlikda standartni belgilash – QS va THE reytinglari nuqtai nazari” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, doktor Asiya Tureniyazova “Aral dengizi uchun universitetlarning yashil harakatlari” mavzusida taqdimot bilan chiqdi.

Mazkur davomiy tadbir davomida bir qancha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga rasmiy ravishda taqdim etildi. Ushbu takliflar yashil universitetlar tashkil etish, yashil kampus tashabbuslarini amalga oshirish, universitetlarning barqarorlik bilan bog‘liq reytinglardagi o‘rnini oshirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va mamlakat akademik hamjamiyatining hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan.

Ushbu muhim tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazishga hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz