2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yashil ta'lim strategiyalari bo‘yicha xalqaro ekspertlarni birlashtirgan onlayn TAM seminar | Natijalari

59
Yashil ta'lim strategiyalari bo‘yicha xalqaro ekspertlarni birlashtirgan onlayn TAM seminar | Natijalari

2024-yil 26-27 dekabr kunlari "Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Milliy Tadqiqot Universiteti" (TIQXMMTU)da Oliy ta'limda yashil ta'lim tushunchalari va strategiyalari mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Milliy Erasmus+ ofisi tomonidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi Oliy ta’lim islohotlari ekspertlari (HEREs) faoliyati qismida tashkil etildi.

Seminar moderatori TIQXMMTU xalqaro reyting bo‘limi rahbari Ilhom Abdurahmonov bo‘ldi. Tadbirda ikki asosiy ekspert ishtirok etdi: Turkiyaning Marmara Universitetidan Dr. Nur Orak va Ozarbayjonning G‘arbiy Kaspiy Universitetidan Dr. Ayaz Mammadov. Muhokamalar asosan oliy ta'limda barqarorlik, yashil kampus tashabbuslari va Orol dengizi inqirozi kabi ekologik muammolarni hal qilishga bag‘ishlandi.

Seminarning maqsadi universitet faoliyatiga yashil amaliyotlarni integratsiyalash va oliy ta'limda barqaror kelajakni ta’minlash bo‘yicha dolzarb tavsiyalar taqdim etishdan iborat bo‘ldi​.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz