Yangiliklar
Mamun universitetida Erasmus+ seminar bo'lib o'tdi
Joriy yilning 9-oktabr kuni Ma’mun universitetining 4-binosida Erasmus+ Axborot va Loyihalarni tayyorlash seminari bo’lib o’tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy Erasmus+ ofisi (NEO) va Erasmus+ Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha ekspertlar (HEREs) guruhi hamkorligida tashkil etildi.
Seminarda Xorazm viloyati va yaqin hududlardagi OTM vakillari, HEREs guruhi a’zolari, Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihasi vakillari hamda turli OTM talabalari ishtirok etdilar.
Seminarda to'rtta asosiy ma’ruzachi ishtirok etdi:
- "Talabalar uchun Erasmus+ imkoniyatlari va tanishuv faoliyati" – Bonu Abdusalomova, NEO loyiha menejeri
- "O‘zbekistondagi OTMlar uchun Erasmus+ imkoniyatlari va hamkor izlash bo‘yicha maslahatlar" – Mahmudjon Utkurov, NEO loyiha menejeri
- "Kuchli loyiha taklifini qanday ishlab chiqish kerak" – Asiya Tureniyazova, Nukusdagi TATU filiali IT bo‘limi mudiri va Erasmus+ HEREs guruhi a’zosi
- "Erasmus+ CBHE loyihalari haqida ma’lumot: I2PLEDGE va INMACOM/ Eng yaxshi amaliyotlar" – Otabek Xodjayev, Urganchdagi TATU filiali IT bo‘limi boshlig‘i
Seminarda talabalar uchun Erasmus+ dasturi imkoniyatlari, O‘zbekistondagi OTMlar uchun Erasmus+ imkoniyatlari va hamkorlik bo‘yicha maslahatlar berildi. Shuningdek, kuchli loyiha taklifini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar ham taqdim etildi.