2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

BuxDUda Erasmus+ ishtirokchilari bilan uchrashuv

268
BuxDUda Erasmus+ ishtirokchilari bilan uchrashuv
11-dekabr kuni esa Erasmus+ Milliy ofisi vakillari Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Milliy ofis vakillari universitetda amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning barqarorligi, kutilayotgan natijalar bo‘yicha maʼlumotlarni olishdi. Erasmus+ kredit mobilligi loyihalari doirasida xorijda taʼlim olgan va stajirovkalardan o‘tgan talaba va o‘qituvchilar bilan suhbatda akademik mobillik natijasida qo‘lga kiritilgan bilim, ko‘nikma va tajribalar xususida suhbatlashildi.
Milliy ofis vakillari shuningdek 2013-2016 yillarda amalga oshirilgan UNIWORK loyihasining natijalariga tayangan holda hamda bugungi kunda amalda bo‘lgan TALENT loyihasi maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilgan "Raqamli iqtisodiyot va inson resurslarini rivojlantirish markazi" faoliyati bilan ham tanishishdi. Ushu markazda amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.

 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz