Yangiliklar
YI elchisi Sharlotta Adrian boshchiligidagi delegatsiya Erasmus+ loyihasiga jalb qilingan oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashdi
Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian boshchiligidagi delegatsiya Erasmus+ loyihasiga jalb qilingan oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashdi
Loyihalar taqdimotida universitet rahbariyati, Erasmus+ oliy ta’limda salohiyatni oshirish- CBHE loyihasi a’zolari, Erasmus+ Xalqaro kredit mobilligi ICM ishtirokchilari hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda “Matematik injiniring” kafedrasi katta o‘qituvchi A.Babadjanova “Development of the master program on Computational Linguistics and open online courses-CLASS” va “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematics Engineering Master program-ECCUM” loyihalari, “Geografiya, geodeziya, kartografiya” kafedrasi dotsenti M.Matchonov “Environmental Protection in Central Asia: Disaster Risk Management with Spatial Methods-EPCA” loyihasi, shuningdek, “Fizika” kafedrasi dotsenti O.Otamurodov “Development of Master Programme in Renewable Energy Sources and Sustainable Environment –RENES” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qildilar. Qilingan taqdimotlar va dastur doirasidagi samarali ishlar elchi Sharlotta Adrian va delegatsiya aʻzolarining eʼtiborini tortib, savollar bilan atroflicha muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuvda Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobilligi doirasida qatnashgan talaba-yoshlar ham ishtirok etib, ular elchi Sharlotta Adrian bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega boʻldilar. Talabalar dastur doirasida kelgusida yana xorijiy oliygohlarda taʼlim olib, tajriba orttirish istagida ekanliklarini bildirdilar.