2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Nukusda Erasmus+ axborot va targʻibot seminari

754
Nukusda Erasmus+ axborot va targʻibot seminari

27 mart kuni barcha Nukus oliy taʼlim muassasasalari vakillari uchun «Erasmus+ axborot va targʻibot seminari» O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukusdagi filialida boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining respublika boʻyicha oliy taʼlim muassasalari ishtirok eta olishi mumkin boʻlgan “imkoniyatlar”ning har biri bo’yicha maʼlumotlar hamda 2023 - yangi tanlov, ustuvor yo’nalishlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, “Oliy taʼlim salohiyatini oshirish - CBHE” yoʻnalishi bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar a’zolari tomonidan taqdimotlar taqdim etildi va savollarga javob berildi:

1.  “DSinGIS: Doctoral Studies in GeoInformation Sciences”

2.  “RUECVET: Piloting ECVET to the national VET system of Russia and Uzbekistan” 

3.  “MAGNET: University as a key partner of network for vocational educational training centers of middle age generation in Uzbekistan”

4.  “TechReh: Technology in Rehabilitation”

 

Seminarda yuqoroda keltirilgan loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan o’quv dasturlarni takomillashtirish, korxona/tashkilotlatr bilan hamkorlikda bitiruchi talabalarni ishga joylashtirish, jihozlar olish va talabalar salohiyatidan foydalanish, uchrashuv va tadbirlarning dolzarbligi hamda loyihalar natijalari bilan tanishish imkoniyati mavjud bo’ldi. Tadbir mazmunli va savollarga boy bo’ldi. 

 

Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpoq tibbiyot instituti vakillari ham «Erasmus+ axborot seminari» tashkil etildi. Tadbir davomida dasturning imkoniyatlari, yo’nalishlari va talablari bilan tanishtirildi. Tibbiyot sohasida olib borilayotgan va yakunlangan Erasmus+ CBHE loyihalari bilan tanishtirildi va keys sifatida bir qator ma’lumotlar taqdim etildi. Institut vakillari tomonidan Erasmus+ loyihalarida ishtirok etish qiziqishi ortdi va ko’plab savollarga/takliflarga javob berildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz