Yangiliklar
Erasmus+CBHE “MUSAE” loyihasining WP4 ishchi paketi doirasida Belgiyada xalqaro treninglar bo‘lib o‘tdi
Erasmus+CBHE “MUSAE” loyihasining WP4 ishchi paketi doirasida 2023-yil 13-25 fevral kunlari Belgiyaning Antverpen shahridagi Royal Conservatoire Antwerpda xalqaro treninglar bo‘lib o‘tdi. Treningda O‘zbekiston universitetlariMilliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Falastinning Birzeit University (BZU), Dar al Kalima University College of Art and Culture (DAK) va Palestine Polytechnic University (PPU), Tunisaning University of Sfax (USFAX) oliygohlaridan jami 18 talaba ishtirok etdi.
Treninglarda talabalar o‘zuniversitetlarida loyiha doirasida ishlab chiqilgan tadbirkorlikka oid fanlardanolgan bilimlarini qo‘llagan holda “G‘oyadan biznes modelgacha” konseptsiyasi ustidan ishladilar. Talabalar brainstorming orqali g‘oyalar generatsiyasini amalgaoshirib, yettita komandaga ajraldilar. Komandalar O‘zbekiston, Falastin va Tunisatalabalardan iborat xalqaro jamoalarni hosil qildi.
Italiyaning Accademia di Belle Arti dell’Aquila (ABAQ)dan , Università degli Studi dell’Aquila (UNIVAQ) ва Conservatorio “A. Casella” ( CONSAQ), Belgiyaning Antverpen shahridagi Royal Conservatoire, Finlyandiyaning JAMK, hamda hamkor davlat oliygohlaridan o‘qituvchi trenerlar talabalarga ko‘maklashdilar. Treninglarni Conservatoire Antwerp professori Jeroen Malaiseboshqardi. Finlandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti yetakchi trener o‘qituvchilari Eliisa Suni hamda Hilary Mikkulainen talabalarga o‘z maslahatlarini berib, g‘oyalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi. O‘zbekiston oliygohlardan qatnashgan professor-o‘qituvchilar ham faol qatnashdilar, xususan, Umida Zunnunova « Who is your customer ? » , Abror Hoshimov « Business model canvas » mavzusida presentatsiya o‘tkazdilar. Oybek Kasimov tomonidan “Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi” loyihasi taqdim etildi. O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi professor-o‘qiyuvchilari va talabalari O‘zbek kompozitorlari musiqasiga bag‘ishlagan kichik kontsert dasturini taqdim etishdi.
Treninglar yakunida talabalar quyidagi loyihalarni tayyorlashdi: Memory of the World, Art Detective, BePart, The Beech, Conceptsia, Artist Collective, CoCreate. Ushbu loyihalar ustidan talabalar bugungi kunda onlayn ishlashni davometmoqdalar. Yakuniy natijalar 2023 yil iyul oyida Italiyaning L’Aquila shahrida bo‘lib o‘tadigan festival haftaligida nomoyish etiladi.