Yangiliklar
Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Elchisining TerDUdagi uchrashuvi
2023 yilning 26 yanvar kuni O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Elchisi Charlotte Adriaen honim Surxondaryo viloyatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida Surxondaryodagi davlat organlari va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarga hamda Termez davlat universitetida uchrashuvlari bo’lib o’tdi.
O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Elchisi Charlotte Adriaen respublika bo’ylab tashriflari doirasida doimiy ravishda Erasmus+ dasturi loyihalari ishtirokchilari bilan uchrashuvlarda ishtirok etadilar. Jumladan, tashrif dasturida Termez davlat universiteti rahbariyati va Erasmus+ loyihalarida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar va talabalar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuv jarayonida Erasmus+ loyihalarining ilg’or tajribalari, universitetga dasturning rivojlanishidagi hissasi va ta’siri, mobiiliklarning yo’lga qo’yilganligi kabi masalalar muhokama qilindi.