2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ HERE yillik tadbiri

791
Erasmus+ HERE yillik tadbiri

"Oliy ta’lim taraqqiyot istiqbollari” nomli Oliy taʼlim boʻyicha ekspertlarning (HEREs) yillik konferentsiyasi 

2022 yil 22 dekabr kuni Kimyo xalqaro universitetida yillik Oliy taʼlim boʻyicha ekspertlarning (HEREs) yillik konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya ishtirokchilarini universitet rektori Janpolat Kudaybergenov, Sifatni ta’minlash va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, prof. Karimjon Ahmedjanov, Oliy ta’limni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish markazi direktori prof. Shuhrat Yakubov, NEO koordinatori tadbirni ochib berishdi. Tadbirda oliy taʼlimdagi islohotlar, “aqlli universitetlar” kontseptsiyasi, akkreditatsiyadan oʻtish tartibi, oliy taʼlim istiqbollari, oliy taʼlim sifatini taʼminlash kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

HERE jamoa aʼzolari prof. Nazokat Kasymova (TDShU) tomonidan sifat kafolati va Boloniya jarayoni, dunyodagi eng soʻnggi oliy taʼlim ishlanmalari hamda prof. Nargiza Usmanova (TATU) oliy oʻquv yurtlarning raqamli transformatsiyasida aqlli universitetlarning oʻrni va ahamiyati haqida ikkita asosiy taqdimotlar qilishdi. Shuningdek, ikkita muvaffaqiyatli yakunlangan Erasmus+ CBHE loyihalari “TALENT: Markaziy Osiyoda HRM va iste’dodlarni rivojlantirish bo‘yicha magistrlik dasturlarini yaratish” va “IQAT: Boloniya jarayoni tamoyillaridan foydalangan holda institutsional sifat kafolati tizimlari va tipologiyasini joriy etish imkoniyatlarini oshirish” loyihalarining natijalarini va tajribalari bilan bo’lishishdi. 

Kunning ikkinchi yarmida NEO va HERE jamoasi a’zolari raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar bilan bo’lishishdi. Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining administrative va ilmiy xodimlari, doktorantlar, ekspertlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etdi. 

 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz