Yangiliklar
Samarqandda Erasmus+ axborot va targʻibot seminari
25 oktyabr kuni barcha Samarqand oliy taʼlim muassasasalari vakillari uchun «Erasmus+ axborot va targʻibot seminari» Samarqand davlat universitetida boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining respublika boʻyicha oliy taʼlim muassasalari ishtirok eta olishi mumkin boʻlgan “yoʻnalishlar”ning xar biri bo’yicha maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, “Oliy taʼlim salohiyatini oshirish - CBHE” yoʻnalishi bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar a’zolari tomonidan taqdimotlar taqdim etildi va savollarga javob berildi:
1. BIOEcUz: O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha magistratura uchun yangi o‘quv dasturlari / New Master's Degree Curricula for Sustainable BioEconomy in Uzbekistan
2. ERAMCA: Markaziy Osiyodagi madaniy meros obyektlarida ekologik xavflarni baholash va kamaytirish / Environmental risk assessment and mitigation on Cultural Heritage assets in Central Asia
3. AgroDEV: Agro-oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli ishlab chiqarish uchun tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oliy ta’lim mazmunini rivojlantirish / Development of Higher Education Content Aimed to Support Industries for Sustainable Production of Qualitative Agri-food
Seminarda Shaxista Ishniyazova, Mukhsin Hidirov va Sherzod Boboxonovlar yuqoroda keltirilgan loyihalar doirasida qilingan ishlar, jumladan o’quv dasturlarni takomillashtirish, yangi magistratura ta’lim yo’nalishlarni ochish va yo’lga qo’yish, uchrashuv va tadbirlar natijalari hamda natijalarni targ’ibot masalalari to’xtalib o’tildi.
Seminardan so’ng, NEO va Erasmus+ loyihalari a’zolari bilan Erasmus+ loyihalarini va ularning natijalarini keng ommaga yetkazish va targ’ibot qilish vositalari hamda mahalliy matbuot ommaviy axborot xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishga yo’naltirilgan uchrashuv bo’lib o’tdi.