2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Haftaligining tadbirlari

104
Erasmus+ Haftaligining tadbirlari

10 may

O'zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan press-konferentciyada Erasmus+ dasturi va Haftaligining tadbirlari bilan tanishtirildi.

Erasmus+ milliy ofisining Instagram sahifasida "Xalqaro Kredit Mobilligi-ICM" bo'yicha bugungi kunda tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari, doktorantlar hamda professor-oq'itivchilar malaka oshirish/dars berish imkoniyatlari hamda akademik personal ham Yevropadagi o'z hamkasblari bilan tajriba almashish kabi ma'lumotlar taqdim qilindi. Jonli efir davomida kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Jonli efirning Instagramda joylashtirilgan videoyozuvini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida "Erasmus+ mobilligi doirasida olingan bilimlar/Skills gained through Erasmus+ mobility" sessiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda  Qarshi davlat universiteti vakili va Erasmus+ Oliy ta'lim bo'yicha Ekspertlar milliy guruhi az'osi Nurbek Farmonov hamda  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i va Erasmus+ loyihalarining koordinatori Alibek Eshev va "Xalqaro kredit mobilligi" ishtirokchilari o'z tajribalari bilan, Yevropadagi universitetlarda ta'limi jarayonida olingan bilim va ko'nikmalari, malaka oshirish tajribalari bilan bo'lishishdi.

11 may, 2022

Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutida "Erasmus+ opportunities for institutional cooperation" sessiyasi bo'lib o'tdi. Tadbirda Erasmus+ dasturining barcha yo'nalishlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi hamda "Oliy ta'lim salohiyatni oshirish-CBHE" loyihalarining milliy koordinatorlari va loyihalar komanda a'zolari o'z loyihalari haqidagi ma'lumotlarni hamda ilg'or tajribalari bilan bo'lsishdi. Tadbirda quyidagi loyihalar o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdi va ko'plab savollarga javob berishdi:

MUSAE: Rassomlarning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ko’p tarmoqli ko’nikmalar 

REILEAP: O'zbekiston va Qozog'istonda charm buyumlari ishlab chiqarishining innovatsion rivojlanishi

MECHAUZ: Innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O’zbekistonda bakalavr darajasi uchun mextronika va robotexnikani modernizatsiya qilish

O'zbekiston Milliy universitetida "Testimonials of Uzbekistan Erasmus+ CBHE project participants" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar komanda a'zolari o'z taqdimotlarida Erasmus+ loyihalarining amalga oshirilayotgan ishlari, olingan jiholzari, malaka oshirish orqali o'z salohiyatlarini oshirish, xorijiy tajriba muhimligi qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirok etgan CBHE loyihalari:

DECIDE: Nogiron kishilarga xizmat ko'rsatishni rivojlantirish

UNICAC: Markaziy Osiyo va Xitoyda ma'lumot almashish uchun universitetlararo hamkorlik

ITEM: Matematika sohasida innovatsion ta'lim berish  

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz