Yangiliklar
“International Credit Mobility” ilmiy to‘plamining 10-soni uchun maqolalar qabuli boshlandi!
Erasmus+ xalqaro almashinuv tajribangizni bo‘lishish va ilmiy izlanishlaringizni kengroq auditoriyaga taqdim etish vaqti keldi!
To‘plam:
➖xalqaro mobillik orqali olingan bilim va tajribalarni bo‘lishish,
➖O‘zbekistonda ta’lim jarayonini va ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirishni maqsad qilgan.
Agar siz:
✅ 1 yoki 2 semestr Yevropa universitetida tahsil olgan talaba bo‘lsangiz;
✅ Erasmus+ orqali amaliyot o‘tab qaytgan bo‘lsangiz;
✅ Yevropada malaka oshirgan professor, o‘qituvchi yoki OTM xodimi bo‘lsangiz;
✅ Yevropa universitetlarida dars bergan bo‘lsangiz;
✅ O‘zbekistonda mobillik tajribasini o‘tkazgan yevropalik hamkor bo‘lsangiz,
maqolangizni (motivatsion xat bilan birga) “International Credit Mobility” ilmiy to‘plamining 10-soni uchun kutib qolamiz!
📌 Materiallar topshirish muddati: 31-oktabr, 2026
✉️ Maqola va motivatsion xatlarni yuborish uchun elektron pochta: neo@erasmusplus.uz
Sizning hikoyangiz — kelajakdagi ishtirokchilar uchun ilhom manbai bo‘lishi mumkin!
Saralangan maqolalar yillik ICM konferensiyasida taqdimot qilinadi.