2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA XALQARO ERASMUS+ KUNLARI KENG NISHONLANDI!

6
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA XALQARO ERASMUS+ KUNLARI KENG NISHONLANDI!

Joriy yilning 16-oktabr kuni, Namangan davlat universitetida “Erasmus+ Xalqaro kunlari — 2026” doirasida xalqaro hamkorlik, akademik mobillik va xalqaro grant dasturlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xorijiy hamkorlar va xalqaro loyihalarga qiziquvchi mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Erasmus+ dasturining oliy ta’limni xalqaro miqyosda rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Namangan davlat universiteti xalqaro ta’lim va ilm-fan makoniga integratsiyalashish, Yevropa universitetlari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarda ishtirokini yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mazkur tadbir yangi xalqaro tashabbuslarni ilgari surish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz