2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Erasmus+ xalqaro kunlari doirasida axborot-uslubiy seminar tashkil etildi.

5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Erasmus+ xalqaro kunlari doirasida axborot-uslubiy seminar tashkil etildi.

Seminar Erasmus+ dasturining asosiy yo‘nalishlari, xalqaro ta’lim loyihalarida ishtirok etish, akademik mobillikni rivojlantirish va Yevropa oliy ta’lim makonidagi hamkorlik imkoniyatlariga bag‘ishlandi.


Tadbir davomida quyidagi yo‘nalishlarning imkoniyatlari yoritildi:
🔹 Jean Monnet — Yevropa Ittifoqi masalalari bo‘yicha ta’lim, tadqiqot va akademik muloqotni rivojlantirish;
🔹 Capacity Building in Higher Education (CBHE) — oliy ta’lim muassasalari salohiyatini mustahkamlash va xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish;
🔹 International Credit Mobility (ICM) — hamkor universitetlar o‘rtasida talabalar va xodimlarning xalqaro akademik mobilligini qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Erasmus Mundus — xalqaro qo‘shma magistratura dasturlari orqali yuqori sifatli ta’lim va transmilliy akademik hamkorlikni kengaytirish.
Erasmus+ imkoniyatlaridan samarali foydalanish Akademiyaning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim va tadqiqot faoliyatini xalqaro tajriba bilan boyitish hamda institusional salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Batafsil: https://dsba.uz/uz/news/an-information-and-methodology-seminar-was-held-at-the-academy-of-public-policy-and-administration-under-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-as-part-of-erasmus-international-days

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz