Yangiliklar
Abdulla Avloniy nomidagi institutda Erasmus+ International Days 2026 doirasida xalqaro hamkorlik va ta’lim imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
80
13-Oktabr 2026 yil, Erasmus+ Xalqaro kunlarida doirasida Abdulla Avloniy nomidagi institutda Erasmus+ tadbiri tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi vakillari hamda oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etib, xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuvda Erasmus+, Horizon Europe va Marie Skłodowska-Curie Actions dasturlari, xalqaro akademik mobillik, ta’lim salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur seminar pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, xalqaro dasturlar bo‘yicha bilimlarini oshirish va institutning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
