2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Erasmus+ Jean Monnet loyihalari bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

87
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Erasmus+  Jean Monnet loyihalari bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Erasmus Day: From Idea to Impact: Navigating Jean Monnet Modules & Sharing Project Results” mavzusida Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) va Jean Monnet loyihalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Gibrid formatda (oflayn va onlayn) tashkil etilgan seminar Erasmus+ dasturining Jean Monnet modullari doirasida yangi loyiha g‘oyalarini shakllantirish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, erishilgan natijalarni keng targ‘ib qilish hamda ularning ta’sirini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Seminar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi Dildora Shodiyeva universitet misolida Erasmus+ Jean Monnet loyihalarini amalga oshirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, professor N. X. Yunusova tomonidan GEMEU Jean Monnet Module loyihasi doirasida gender tengligi, barcha ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Toshkent xalqaro universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti boshlig‘i, professor Dilshodjon Raxmonov “Erasmus+ doirasida CBHE loyihalari: institutsional strategiyadan muvaffaqiyatli amalga oshirish va barqarorlikkacha” mavzusida ma’ruza qilib, loyihalarni strategik rejalashtirish, samarali boshqarish va ularning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi Shokhsanam Shirinova esa “Jean Monnet modullarini yaratish va amalga oshirish: loyiha arizasidan amaliy ta’sirgacha” mavzusida taqdimot o‘tkazib, Jean Monnet modullarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari bo‘yicha tajriba almashdi.

Seminar davomida Erasmus+ dasturining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun taqdim etayotgan imkoniyatlari, jumladan, CBHE, Xalqaro kredit mobilligi (ICM), Jean Monnet faoliyatlari va Erasmus Mundus qo‘shma magistratura dasturlari (EMJM) kabi yo‘nalishlarning ahamiyatiga ham e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida savol-javob sessiyasi tashkil etilib, Erasmus+ loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning natijalarini keng targ‘ib qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur amaliy seminar Erasmus+ loyihalari bo‘yicha tajriba almashish, yangi loyiha tashabbuslarini rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorlik salohiyatini mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz