Yangiliklar
ERASMUS+ CBHE 2026: O‘ZBEKISTON LOYIHALARI
2026-yilgi Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) tanlovi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari yana muhim natijalarga erishdi.
Bu yil O‘zbekiston ishtirokidagi 9 ta loyiha moliyalashtirish uchun tanlab olindi. Shundan 4 tasi O‘zbekiston OTMlari tomonidan muvofiqlashtiriladi (Grantholder):
UNI2CARE – ALFRAGANUS UNIVERSITY
WASTE-UZ – Al-Xorazmiy universiteti
UzEcoDigiT – Jizzax politexnika instituti
FOOD4FUTURE – Farg‘ona davlat universiteti
Shuningdek, O‘zbekiston ishtirokidagi loyihalar:
- 5 ta mintaqaviy loyiha;
- 2 ta milliy loyiha;
- 2 ta mintaqalararo loyiha.
Mazkur loyihalar ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yashil va raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Batafsil ma’lumot infografikalarda.
