Yangiliklar
LOYIHANI TAQDIMOT SESSIYASI: Erasmus+ CBHE – GreenCamUz loyihasi
LOYIHANI TAQDIMOT SESSIYASI: Erasmus+ CBHE – GreenCamUz loyihasi
Sana: 12-avgust
Vaqt: 11:00
Format: Onlayn
O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi va Qo‘qon universiteti sizni Erasmus+ CBHE GreenCamUz — “Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” loyihasiga bag‘ishlangan loyiha taqdimot sessiyasiga taklif etadi.
Sessiya davomida siz:
Loyiha maqsadlari, vazifalari, tuzilmasi va kutilayotgan natijalar bilan tanishasiz.
Rejalashtirilgan faoliyatlar, asosiy natijalar hamda loyihaning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga kutilayotgan ta’siri haqida ma’lumot olasiz.
Loyiha hamkorlari bilan tanishib, GreenCamUz tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha tajribalar bilan tanishasiz.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Erasmus+ CBHE loyihalari Erasmus+ dasturining beshta ustuvor yo‘nalishidan biri bo‘lgan Yevropa yashil kelishuvi — European Green Deal maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qanday hissa qo‘shayotganini bilib olasiz.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/2oFRM9kqnBVK8de96
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 10-avgust, soat 18:00