2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ DIANA va MECAS loyihalari bo‘yicha onlayn taqdimot sessiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi

28
Erasmus+ DIANA va MECAS loyihalari bo‘yicha onlayn taqdimot sessiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazildi

21-iyul kuni O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan Erasmus+ CBHE loyihalari DIANA  va MECAS ga bag‘ishlangan onlayn taqdimot sessiyalari tashkil etildi.

Sessiyalar davomida loyiha vakillari:

  • DIANA loyihasining maqsadlari, amalga oshirilayotgan faoliyatlari va tabiiy muhofaza etiladigan hududlarda inklyuziv hamda hamma uchun qulay turizmni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlari haqida ma’lumot berdilar.
  • MECAS loyihasi doirasida oliy ta’limni modernizatsiya qilish, innovatsiyalarni joriy etish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar taqdim etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar loyihalar doirasida yaratilgan resurslar, hamkorlik imkoniyatlari va Erasmus+ dasturining oliy ta’lim hamda jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Sessiya yakunida savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan loyiha ekspertlari bilan fikr almashdilar.

Sessiyada ishtirok eta olmaganlar uchun: https://youtu.be/Wc-81HoA93Q

Erasmus+ loyihalari ta'lim sifatini oshirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishda davom etmoqda.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz