Yangiliklar
Loyihalarni targ‘ib qilish sessiyalari: Erasmus+ DIANA va MECAS
Sana: 2026-yil 21-iyul
Vaqti: 11:00
Maqsadli auditoriya: Oliy ta’lim muassasalari vakillari, tadqiqotchilar, talabalar, turizm sohasi mutaxassislari hamda Erasmus+ loyihalariga qiziqish bildirgan barcha ishtirokchilar.
O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi sizni Erasmus+ CBHE dasturi doirasidagi DIANA va MECAS loyihalariga bag‘ishlangan Loyihalarni targ‘ib qilish sessiyalarida ishtirok etishga taklif etadi.
DIANA: https://dianaerasmus.eu/
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda inklyuziv va hamma uchun qulay turizmni rivojlantirishga qaratilgan.
MECAS: https://mecas.uz/en/
Innovatsiyalar, salohiyatni oshirish va xalqaro hamkorlik orqali oliy ta’limni modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sessiyalar davomida ishtirokchilar:
- loyihalarning maqsadlari va erishilgan natijalari bilan tanishadilar;
- loyiha doirasidagi resurslar va imkoniyatlar haqida ma’lumot oladilar;
- loyiha hamkorlari bilan fikr almashadilar;
- Erasmus+ loyihalarining innovatsiyalar va oliy ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan yaqindan tanishadilar.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/xajHZfBuEcVqzERQ8
Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 2026-yil 18-iyul, soat 18:00.