Yangiliklar
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Erasmus+ Milliy ofisi bilan hamkorlikda Erasmus+ hamjamiyati uchun networking tadbirini tashkil etdi.
12-iyun kuni, Erasmus+ dasturi qatnashchilari: Oliy ta'limda salohiyatni oshirish (CBHE), Jean Monnet, Xalqaro kredit mobilligi (ICM), Erasmus Mundus ishtirokchilari, universitetlar, davlat tashkilotlari va diplomatik korpus vakillarini bir joyga jamlab, tajriba almashish, yangi professional aloqalarni o‘rnatish hamda xalqaro akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Erasmus+ dasturining ta’lim, akademik mobillik va insonlar o‘rtasidagi aloqalar orqali Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim rolini ta’kidladi.

Tadbirda joriy yilda Yevropaning yetakchi universitetlarida tahsil olishni boshlaydigan yangi tanlangan Erasmus Mundus talabalari ham ishtirok etdi.
