2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Vakansiya: O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisiga Loyiha Menejeri kerak!

32
Vakansiya: O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisiga Loyiha Menejeri kerak!

Xalqaro hamkorlik, oliy ta’lim va loyiha boshqaruvi sohasida ishlashni istaysizmi? O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi o‘z jamoasiga faol va mas’uliyatli Loyiha Menejeri qidirmoqda!

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston

Ish vaqti: To‘liq stavka (haftasiga 40 soat)

Asosiy vazifalar:

  • Loyiha hamkorlari, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va potensial nomzodlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish
  • Erasmus+ dasturi imkoniyatlari bo‘yicha konsultatsiyalar berish
  • Information Day, Cluster Meeting, TAM, PDO, Erasmus+ Week kabi onlayn va oflayn tadbirlarni tashkil etish
  • Erasmus+ National Impact Study 2021–2026 tadqiqotini tayyorlashda ko‘maklashish
  • Erasmus+ loyihalari statistikasini muntazam yangilab borish
  • Ijtimoiy tarmoqlar va PR faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
  • Yillik hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish

Talablar:

  • Loyiha boshqaruvi, oliy ta’lim, xalqaro hamkorlik yoki davlat boshqaruvi sohasida tajriba
  • Bakalavr yoki magistr darajasi
  • O‘zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilish
  • Kuchli kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalar
  • Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli kommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi
  • Mas’uliyat, kreativlik va jamoada ishlash qobiliyati

Biz sizga taklif qilamiz:

  • Qulay va do‘stona ish muhiti
  • Xalqaro tajriba orttirish imkoniyati
  • Turli seminar va tadbirlarda ishtirok etish
  • Xalqaro xizmat safarlarida qatnashish imkoniyati
  • Loyiha budjetiga muvofiq belgilanadigan maosh

Arizalar rolling basis asosida qabul qilinadi.

Ariza topshirish havolasi: https://forms.gle/R6CwPYbu3jLQ77jD6

Erasmus+ jamoasining bir qismiga aylaning va O‘zbekistonda xalqaro ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz