Yangiliklar
O‘zbekistonlik Erasmus Mundus bitiruvchilarini Erasmus Alumni meeting’ga taklif qilamiz!
29
Navbatdagi yillik Erasmus Alumni meeting doirasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi O‘zbekistondan Erasmus Mundus Joint Master’s dasturi bitiruvchilarini ilhomlantiruvchi uchrashuvga taklif qilmoqda.
Siz Erasmus Mundus Joint Master’s dasturini tamomlaganmisiz va O‘zbekiston fuqarosimisiz?
Unda biz aynan sizni qidirmoqdamiz!
Quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda neo@erasmusplus.uz manziliga email yuboring:
• to‘liq ism-sharifingiz
• tamomlagan Erasmus Mundus Joint Master’s dasturi nomi
• dasturga qabul qilingan yil
Barcha Erasmus Mundus dasturi qatnashchilarini tez orada yana ko‘rish va uchrashishdan mamnun bo‘lamiz!