Yangiliklar
Erasmus+ Haftaligi 2026 yakunlanmoqda — 6-kun!
Haftalikning so‘nggi kuni ham ilhom, tajriba va yangi imkoniyatlarga boy bo‘ladi! Bugungi tadbirlar Erasmus+ loyihalari natijalari hamda Erasmus Mundus grantlari haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.
6-kun – 8 may (juma)
Bugungi kunda sizni oflayn workshop va maxsus onlayn sessiya kutmoqda!
EMPOWER CBHE loyihasi doirasida workshop
Manzil: Kimyo International University in Tashkent
Vaqt: 09:30
Format: Oflayn
Sessiya tili: ingliz tili
Workshop davomida siz:
- EMPOWER CBHE loyihasi faoliyati va natijalari bilan tanishasiz
- Oliy ta’limda innovatsion yondashuvlar haqida bilib olasiz
- Loyiha doirasidagi tajribalar va amaliy natijalarni o‘rganasiz
- Xalqaro ekspertlar va loyiha ishtirokchilari bilan muloqot qilasiz
Shuningdek, Erasmus Mundus bo‘yicha “Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM): grant yutgan talabalar bilan uchrashuv” mavzusidagi maxsus onlayn sessiya ham bo‘lib o‘tadi!
Vaqt: 14:00–15:00
Format: Onlayn
Sessiya tili: o‘zbek va ingliz tillarida
Sessiya davomida siz:
- Erasmus Mundus dasturi haqida batafsil ma’lumot olasiz
- Grant yutgan talabalar tajribasi bilan tanishasiz
- Hujjat topshirish va tayyorgarlik bo‘yicha tavsiyalar olasiz
- O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz
Agar siz Yevropada grant asosida tahsil olishni orzu qilsangiz — ushbu sessiyani o‘tkazib yubormang!