2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Haftaligi 2026 davom etmoqda — 5-kun!

23
Erasmus+ Haftaligi 2026 davom etmoqda — 5-kun!

Beshinchi kun oliy ta’lim muassasalari uchun yangi imkoniyatlar va muvaffaqiyatli loyihalar tajribasiga bag‘ishlanadi.

5-kun – 7 may (payshanba)

Bu kunda sizni oflayn seminar va maxsus onlayn sessiya kutmoqda.

Erasmus+ axborot seminari

Manzil: Renessans Universiteti
Vaqt: 09:30–14:00
Format: Oflayn
Sessiya tili: o‘zbek va ingliz tillari

Ushbu seminar davomida siz:

  • Oliy ta’lim muassasalari uchun Erasmus+ imkoniyatlari bilan tanishasiz
  • Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganasiz
  • Loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olasiz
  • Mutaxassislar va hamkorlar bilan bevosita muloqot qilasiz

Shuningdek, sizni “QUARTZ CBHE loyihasining ta’siri (Urganch davlat universiteti misolida)” mavzusidagi onlayn sessiya ham kutmoqda.

Vaqt: 10:00–11:00
Format: Onlayn
Sessiya tili: ingliz tili

Ushbu sessiya davomida siz:

  • CBHE loyihalarining amaliy natijalari bilan tanishasiz
  • QUARTZ loyihasi orqali erishilgan yutuqlarni bilib olasiz
  • Universitetlarda sifatni oshirish va modernizatsiya jarayonlari haqida tushunchaga ega bo‘lasiz

Agar siz universitet rivoji va xalqaro loyihalarda faol ishtirok etishni istasangiz — bu kun aynan siz uchun.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz