Yangiliklar
Erasmus+ Haftaligi 2026 davom etmoqda! - 4-kun
To‘rtinchi kun Erasmus+ loyihalarining real natijalari va ularning ta’siriga bag‘ishlanadi. Bu kun siz nafaqat imkoniyatlar, balki ularning amaliy natijalarini ham ko‘rasiz.
4-kun – 6 may (chorshanba)
Bugungi kunda sizni oflayn seminar va maxsus onlayn sessiya kutmoqda.
Erasmus+ axborot seminari
Manzil: Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Vaqt: 09:30–14:00
Format: Oflayn
Sessiya tili: o‘zbek va ingliz tillari
Ushbu seminar davomida siz:
- Erasmus+ dasturining asosiy imkoniyatlari bilan yanada chuqurroq tanishasiz
- Oliy ta’lim muassasalari uchun mavjud yo‘nalishlarni bilib olasiz
- Loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha foydali tavsiyalar olasiz
- Mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilasiz
Shuningdek, sizni kunning ikkinchi yarmida “CBHE loyihalarining ta’siri (Green University loyihasi misolida)” mavzusidagi onlayn sessiya ham kutmoqda.
Vaqt: 14:00–15:00
Format: Onlayn
Sessiya tili: ingliz tili
Sessiya davomida siz:
- CBHE loyihalarining universitetlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilib olasiz
- “Green University” loyihasining natijalari bilan tanishasiz
- Barqaror rivojlanish va yashil transformatsiya yo‘nalishlari haqida tushunchaga ega bo‘lasiz
Erasmus+ — bu nafaqat imkoniyat, balki real o‘zgarishlar va natijalar demakdir.