2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Haftaligi 2026 davom etmoqda.

33
Erasmus+ Haftaligi 2026 davom etmoqda.

Uchinchi kun sizni nafaqat Erasmus+, balki boshqa yirik xalqaro dasturlar bilan ham tanishtiradi. Bu kun — bilim va amaliy tajriba kuni.

3-kun – 5 may (seshanba)
Ushbu kunda sizni ikki muhim seminar kutmoqda — biri Erasmus+ loyihalari va metodologiyasi haqida, ikkinchisi esa Horizon Europe imkoniyatlariga bag‘ishlangan.

Erasmus+ axborot va metodologik seminari
Manzil: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Vaqt: 09:30–14:00
Format: Oflayn
Sessiya tili: o‘zbek va ingliz tillari

Ushbu seminar davomida siz:

  • Erasmus+ dasturining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishasiz
  • CYBER4CA va DEBSEUZ loyihalari misolida real tajribalarni o‘rganasiz
  • Loyiha tayyorlashda metodologik yondashuvlar haqida tushunchaga ega bo‘lasiz
  • Mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilasiz

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida "Horizon Europe Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) va Klasterlar: Call’larni tushunish, baholash va proposal yozish" mavzusidagi yana bir muhim seminar sizni kutmoqda.

Manzil: Westminster International University in Tashkent
Ro‘yxatdan o‘tish: 12:30
Format: Gibrid (onlayn va oflayn)
Sessiya tili: ingliz tili

Seminar davomida siz:

  • Horizon Europe dasturi va MSCA imkoniyatlari haqida bilib olasiz
  • Call’larni to‘g‘ri tushunish va tahlil qilishni o‘rganasiz
  • Baholash mezonlari bilan tanishasiz
  • Kuchli proposal yozish bo‘yicha tavsiyalar olasiz

Agar siz xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, bu kun siz uchun katta imkoniyat.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz