Yangiliklar
Erasmus+ Haftaligi 2026 EU Village bilan boshlanadi!
2–8-may kunlari davomida O‘zbekistonda Erasmus+ imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida turli seminarlar, uchrashuvlar va axborot sessiyalari tashkil etilmoqda. Har bir kun o‘ziga xos mavzu va imkoniyatlarga boy.
1-kun – 2 may (shanba)
Haftalikning ilk kuni ikki muhim tadbir bilan boshlanadi — biri keng jamoatchilik uchun, ikkinchisi esa loyiha yozishga qiziquvchilar uchun.
EU Village
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Vaqt: 11:00–16:00
Format: Oflayn
Sessiya tili: o‘zbek va ingliz tillari
Ushbu tadbir davomida siz:
- Erasmus+ va boshqa Yevropa dasturlari haqida umumiy ma’lumot olasiz
- Turli tashkilotlar va loyihalar bilan bevosita tanishasiz
- Xalqaro imkoniyatlar bo‘yicha savollaringizga javob olasiz
- Networking orqali yangi aloqalar o‘rnatasiz
Shuningdek, kun davomida Nukusda MECAS va DIANA loyihalari misolida "Erasmus+ CBHE loyihalari uchun sifatli loyiha takliflari (proposal) tayyorlash" mavzusida maxsus metodologik seminar bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Nukus davlat texnika universiteti
Vaqt: 10:00–12:00
Format: Oflayn
Sessiya tili: ingliz tili
Seminar davomida:
- Proposal yozishning asosiy bosqichlari
- Kuchli loyiha yaratish uchun amaliy tavsiyalar
- Muvaffaqiyatli loyihalar tajribasi kabi muhim ma’lumotlar beriladi
Agar siz xalqaro grant loyihalarida ishtirok etishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki Erasmus+ haqida ko‘proq bilmoqchi bo‘lsangiz, birinchi kun tadbirlari aynan siz uchun.