Yangiliklar
Milliy Erasmus+ ofisi vakillari hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o'rtasidagi uchrashuv
Joriy yilning 21-aprel kuni O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi taklifiga binoan akademiya rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv davomida akademiya tomonidan Erasmus+ dasturi va yo‘nalishlari doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mavjud imkoniyatlar, istiqbolli loyihalar va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuv jarayonida Milliy Erasmus+ ofisi vakillari Erasmus+ dasturining asosiy yo‘nalishlari, ishtirok etish talablari, tanlov mezonlari hamda ariza topshirish muddatlari yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdilar. Shuningdek, Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) dasturi doirasidagi imkoniyatlar ham alohida muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) dasturi doirasida Shvetsiyaning Lund University bilan hamkorlikda akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etgan.