2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ LOYIHALARI BO‘YICHA AN’ANAVIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

55
ERASMUS+ LOYIHALARI BO‘YICHA AN’ANAVIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

3-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2025-yilgi tanlov asosida tanlab olingan Erasmus+ CBHE va Jean Monnet loyihalari ishtirokida an’anaviy uchrashuv (Advisory Meeting) tashkil etildi. Tadbir O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda HEREs milliy ekspertlar jamoasi hamkorligida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida:

  • yangi loyihalarning maqsad va natijalari
  • davlat tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmlari
  • loyihalarni targ‘ib qilish va natijalarni keng yoyish
  • NEO tomonidan amaliy yordam (viza, uskunalar, tadbirlar)
  • qo‘shma tashabbuslar va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi

Eslatib o‘tamiz 2025-yil Erasmus+ tanlov natijalariga ko‘ra:

  • O‘zbekiston 6 ta yangi CBHE loyihasida ishtirok etmoqda
  • 19 ta oliy ta’lim muassasasi ushbu loyihalarda hamkor sifatida qatnashmoqda

Bu esa mamlakatimizda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yashil iqtisodiyot, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifasidagi manba: https://gov.uz/edu/news/view/150380

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz