Yangiliklar
Erasmus+ bo‘yicha yangi factsheetlar bilan tanishing - 2025!
Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi natijalari, statistikasi va hamkorlik imkoniyatlari haqida qisqa va aniq ma’lumotlarni qidiryapsizmi?
Bizning veb-saytimizdagi Leaflets sahifasida Erasmus+ dasturi bo‘yicha turli factsheetlar va axborot materiallari jamlangan. Bu yerda siz:
-
O‘zbekistonda Erasmus+ dasturining so‘nggi natijalari va statistikasi
-
Yevropa – Markaziy Osiyo akademik hamkorligi haqida ma’lumotlar
-
Yevropada o‘qish yoki dars berish imkoniyatlari
-
Yevropa universitetlari bilan hamkorlik qilish yo‘llari haqida qisqa va tushunarli ma’lumotlarni topishingiz mumkin
Ushbu sahifa:
-
Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi natijalari va statistikasi haqida qisqa va aniq ma’lumot olish uchun
-
Oliy ta’lim muassasalari, tadqiqotchilar va xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari uchun foydali ma’lumot manbai sifatida
-
Erasmus+ loyihalarida ishtirok etishni rejalashtirayotgan tashkilotlar uchun dastur imkoniyatlari va hamkorlik yo‘nalishlari haqida umumiy tasavvur olish uchun xizmat qiladi
Batafsil ma'lumot uchun:
https://erasmus.uz/page/56-leaflets