2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi tadbirga mezbonlik qilish imkoniyati!

16
Erasmus+ Haftaligi 2026 doirasidagi tadbirga mezbonlik qilish imkoniyati!

Hurmatli oliy ta’lim muassasalari,

O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi 2026-yil 4–9-may kunlari bo‘lib o‘tadigan Erasmus+ Haftaligi doirasidagi tadbirlarga mezbonlik qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlanganini e’lon qiladi.

Universitetingiz Erasmus+ Haftaligi doirasidagi tadbirga mezbonlik qilishni xohlaysizmi? Bu imkoniyat orqali siz:

  • Talabalar, o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar uchun Erasmus+ dasturi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishasiz

  • Universitet vakillarining Erasmus+ tadbirlarida faol ishtirok etishini ta’minlaysiz

  • Universitetingizni Erasmus+ rasmiy axborot kanallari orqali targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz

  • Erasmus+ HEREs ekspertlari va loyiha koordinatorlari bilan yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz

Mezbon universitetlar uchun asosiy talablar:

  • 50 kishigacha sig‘imga ega konferensiya zali mavjud bo‘lishi

  • Tadbirni yoritish (foto, video, PR) imkoniyati

  • Taqdimotlar uchun monitor yoki proyektor mavjudligi

Muhim ma’lumotlar:

  • Har bir oliy ta’lim muassasasi Erasmus+ Haftaligi doirasida faqat bitta tadbirga mezbonlik qilishi mumkin

  • Ariza topshirish muddati: 31-mart, soat 18:00 gacha

  • Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/CmRru4W52JqxjXya6

Universitetingizni xalqaro hamkorlik va Erasmus+ imkoniyatlari markaziga aylantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz