Yangiliklar
O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: Bryusselda ta’lim va sog‘liqni saqlash bo‘yicha muhim muloqotlar
25–26-fevral kunlari Bryussel shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining Yevropa Ittifoqi institutlariga tashrifi doirasida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Senator Orol Aminovna Ataniyazova “Islohotlar va hamkorlik: O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining yangi kun tartibi” mavzusidagi davra suhbati hamda “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston Respublikasi” Parlament hamkorligi qo‘mitasining 19-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-
Ta’lim sohasidagi islohotlar natijalari – oliy ta’lim tizimidagi modernizatsiya jarayonlari va xalqaro hamkorlikning kengayishi;
-
Sog‘liqni saqlash tizimidagi yangilanishlar – aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va tizimli islohotlar samarasi;
-
Yoshlar salohiyati – aholining qariyb 60 foizini tashkil etuvchi yoshlar kuchi, yangi avlod talabalari va yosh olimlarning shakllanishi;
-
Xalqaro dasturlarni kengaytirish zarurati – Erasmus+ va Horizon Europe doirasida O‘zbekiston uchun moliyalashtirish hajmini oshirish taklifi;
-
O‘smirlar salomatligi va farovonligi – global miqyosda eng zaif toifalardan biri bo‘lgan o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro normativ hujjat ishlab chiqish tashabbusi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.