2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yevropa Ittifoqi grant tanlovlari uchun loyihalar tayyorlash bo'yicha trening

73
Yevropa Ittifoqi grant tanlovlari uchun loyihalar tayyorlash bo'yicha trening

O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) hamkorligida “Yevropa Ittifoqining grant tanlovlari uchun loyihalar tayyorlash” mavzusida ikki kunlik trening tashkil etilmoqda.

Sana: 2026-yil 10–11-mart
Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti
Vaqt: 10:30 - 12:30
Format: Oflayn

Treningni Milliy Erasmus+ ofisi ekspertlari va TDYU professori, yuridik fanlar doktori Xaydarali Yunusov olib boradi.
Ma’lumot uchun, Dr. Xaydarali Yunusov Erasmus+ Jean Monnet loyihalari tanlovining 5 karra sovrindori hamda Horizon Europe va WTO Chairs Programme grantlari g‘olibi.

Trening davomida:
Grant tanlovlarida ishtirok etishning normativ va konseptual jihatlari
Kuchli loyiha g‘oyasini shakllantirish
Muvaffaqiyatli loyiha tayyorlashning ilmiy, amaliy, metodik, texnik va moliyaviy masalalari bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.

Tadbir barcha uchun ochiq va bepul.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz