2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ IMKONIYATLARI: TALABALAR VA XODIMLAR UCHUN XALQARO YO‘LLAR MAVZUSIDA AXBOROT SESSIYASI

34
ERASMUS+ IMKONIYATLARI: TALABALAR VA XODIMLAR UCHUN XALQARO YO‘LLAR MAVZUSIDA AXBOROT SESSIYASI

10-fevral kuni “Erasmus+ opportunities for individuals” mavzusida Toshkent shahridagi Amity Universitetida ma’lumot sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Erasmus+ dasturi doirasida  mavjud individual imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda asosan ikki muhim yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi:

ICM – International Credit Mobility
ICM doirasida talabalar va oliy ta’lim muassasalari xodimlari qisqa muddatli o‘qish yoki malaka oshirish mobillik dasturlarida ishtirok etishlari mumkinligi tushuntirildi. Ushbu yo‘nalish orqali ishtirokchilar Yevropa va hamkor davlatlardagi universitetlarda tajriba orttirish, akademik va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladilar.

EMJM – Erasmus Mundus Joint Masters
Shuningdek, Erasmus Mundus Joint Masters dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi. EMJM — bu bir nechta Yevropa universitetlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladigan nufuzli qo'shma magistratura dasturi bo‘lib, to‘liq grant asosida o‘qish, stipendiya va bir nechta davlatda tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

Sessiya davomida ariza topshirish jarayonlari, tanlov mezonlari, grant imkoniyatlari, amaliy tavsiyalar va tez-tez beriladigan savollarga javob berildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz