2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

NEO-ENFP-ICP Meeting 2026 | Brusel, Belgiya

39
NEO-ENFP-ICP Meeting 2026 | Brusel, Belgiya

2026-yil 26–27-yanvar kunlari Bryussel shahrida Milliy Erasmus+ Ofislari (NEO), International Contact Points (ICP) hamda Erasmus+ National Focal Points (ENFP)ning yillik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dunyoning 145 ta mamlakatidan vakillar ishtirok etdi.

Ushbu muhim xalqaro tadbirda O‘zbekiston Milliy Erasmus+ Ofisi ham faol ishtirok etib, Erasmus+ global hamjamiyati doirasida tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

NEOlar uchrashuvi doirasida ishtirokchilar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:

  • 2026-yildan keyingi davrda NEOlarning roli va faoliyat istiqbollari;

  • grantlarni boshqarish jarayonlari va ularning samaradorligini oshirish;

  • SPHERE resurslaridan yanada oqilona foydalanish hamda HERE tarmog‘i bilan hamkorlikni mustahkamlash;

  • Erasmus+ tashabbuslarini keng targ‘ib etishda samarali kommunikatsiya strategiyalarini qo‘llash;

  • EU Academy platformasi orqali NEOlar uchun taqdim etilayotgan o‘quv va malaka oshirish imkoniyatlari.

Mazkur uchrashuv oliy ta’lim va akademik mobillik sohasida tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni baham ko‘rish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz