Yangiliklar
OʻZBEKISTON ILK BOR HORIZON EUROPE LOYIHASIDA!
Toshkentdagi Xalqaro Westminster universiteti (WIUT) Yevropa Ittifoqining Horizon Europe dasturi (2021–2027) doirasida moliyalashtiriladigan TiBeRIUM (Titanium and Beryllium for European Resilience and Innovative Utilization of Minerals) loyihasida ishtirok etish uchun tanlandi.
TiBeRIUM loyihasi kritik xomashyo materiallari (Critical Raw Materials – CRM) uchun barqaror va ishonchli ta’minot zanjirlarini rivojlantirishni maqsad qilgan. Loyiha doirasida zamonaviy va ekologik mas’uliyatli qayta ishlash texnologiyalari ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Tadqiqotlar titan va berilliy minerallariga qaratilgan bo‘lib, ushbu resurslar Yevropa Ittifoqi tomonidan yashil texnologiyalar, sanoat barqarorligi va texnologik suverenitet uchun muhim deb e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun:
Loyiha konsorsiumi Yevropa, Qozog‘iston va O‘zbekistonning 25 ta hamkor tashkilotini birlashtiradi. Loyiha Germaniyaning Freiberg konchilik va texnologiyalar universiteti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
O‘zbekistondagi hamkor universitetlar:
– UzTMK
– Geologiya universiteti
– Toshkentdagi Xalqaro Westminster universiteti
WIUTning TiBeRIUM loyihasidagi ishtiroki O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va Yevropa Ittifoqining yirik grant dasturlaridagi ishtiroki tobora kengayib borayotganini, shuningdek, mamlakatning global ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini yaqqol namoyon etadi.
Batafsil: https://www.wiut.uz/news/wiut-joins-uzbekistans-first-horizon-europe-project