2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ERASMUS+ MILLIY AXBOROT KUNI 2025 DOIRASIDA ERASMUS+ LOYIHALARI KO'RGAZMASI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!

35
ERASMUS+ MILLIY AXBOROT KUNI 2025 DOIRASIDA ERASMUS+ LOYIHALARI KO'RGAZMASI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI!

11-dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan Erasmus+ National Information Day 2025 nafaqat Call 2026 bo‘yicha muhim yangiliklar, balki Projects Fair orqali real tajribalar va amaliy natijalarni taqdim etgan muhim maydonga aylandi.

Projects Fair doirasida:

  • O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Erasmus+ loyihalari namoyish etildi;

  • CBHE, ICM, Erasmus Mundus va Jean Monnet yo‘nalishlaridagi amaldagi loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi;

  • Loyiha jamoalari o‘z tajribalari, yutuqlari va o‘rganilgan saboqlari bilan bo‘lishdi;

  • Yangi loyiha yozishni rejalashtirayotgan OTMlar uchun ilhom va amaliy g‘oyalar taqdim etildi;

  • Ishtirokchilar uchun jonli muloqot, savol-javob va networking muhiti shakllantirildi.

Erasmus+ Milliy Axborot Kuni 2025 esa:

  • Erasmus+ Call 2026 bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar;

  • Dastur yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil taqdimotlar;

  • Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston rasmiylarining ochilish nutqlari;

  • Ta’lim sohasidagi ekspertlar ishtirokidagi muhokamalar bilan boyitildi.

Tadbir yozuvlari:
1-qism: https://youtu.be/hj2ZXpHsBwI
2-qism: https://youtu.be/tqo8U931VI8

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz