Yangiliklar
Erasmus+ Oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari koordinatorlaridan amaliy maslahatlar
Sana: Payshanba, 2026-yil 8-yanvar
Format: Onlayn
Ishchi til: O'zbek va Ingliz tili
Ushbu interaktiv Erasmus+ sessiyasi oliy ta’lim muassasalarining rahbariyat va akademik xodimlari, shuningdek, oliy ta’lim sohasidagi asosiy manfaatdor tomonlarni bir joyga jamlab, Erasmus+ loyihalarini amalga oshirish jarayonida tajriba va eng yaxshi amaliyotlar bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi.
Umumiy maqsad:
-
Hamjamiyatni shakllantirish va tarmoq (networking)ni rivojlantirish;
-
Eng yaxshi amaliyotlar bilan bo‘lishish hamda tajribali O‘zbekistonlik CBHE grant yutuvchilar tomonidan raqobatbardosh loyiha takliflarini ishlab chiqish bo'yicha takliflar;
-
Erasmus+ doirasidagi Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE) loyihalari natijalarini targ‘ib qilish.
Tashkilotchilar:
Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasi (HEREs), Milliy Erasmus+ ofisi (NEO), O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/cj6tRfAj75Phf1yp7
So‘nggi muddat: 2026-yil 7-yanvar, soat 17:00 gacha