Yangiliklar
𝗘𝗥𝗔𝗦𝗠𝗨𝗦+ CALL 2026: CBHE loyihalari — Ko'p soraladigan savollar!
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo (Region 6) davlatlari uchun Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) Call 2026 2025-yil 12-noyabr kuni rasman ochilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu imkoniyat Yevropa Ittifoqi universitetlari va tashkilotlari, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalari, hamkorlikdagi xalqaro konsortsiumlar, ilmiy markazlar hamda ta’lim tizimini rivojlantiruvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan.
Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil 10-fevral
Nimani qo‘llab-quvvatlaydi?
-
Yuqori ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviylashtirish
-
Ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash
-
O‘quv dasturlarini yangilash, innovatsiya va moslashuvchanlikni rivojlantirish
-
Institutlar va mehnat bozori ehtiyojlariga mos kompetensiyalarni rivojlantirish
-
Loyiha doirasida Erasmus+ dasturining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan inkluziya, raqamli transformatsiya va “Yashil kelishuv” (Green Deal) tamoyillari qamrab olinadi
CBHE dasturi haqida qisqacha:
Capacity Building in Higher Education — bu yuqori ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik asosida ko‘p tomonlama loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi Erasmus+ dasturi bo‘lib, uning faoliyatlari O‘zbekiston va boshqa hamkor davlatlardagi universitetlar tizimini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Nega bu muhim?
-
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro tajribasini kengaytiradi
-
Innovatsion ta’lim metodlarini joriy etish imkonini yaratadi
-
Ta’lim tizimi bilan mehnat bozori ehtiyojlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytiradi
-
Raqobatbardosh malaka va kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi